Premyerada Prezident Donald Tramp va uning rafiqasi, shuningdek bokschi Mayk Tayson, Apple rahbari Tim Kuk kabi taniqli VIP mehmonlar qatnashdi. Tadbirga galstuk-babochka taqib kelish majburiy bo‘lgan. Jurnalistlar kiritilmagan bo‘lsa-da, ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlarda videolar ulashgan.
Film rejissyori Brett Ratner mehmonlarga “Melaniya valsı” nomli musiqiy kompozitsiyani taqdim etgan. Hujjatli film voqealari 2025 yil yanvarida bo‘lib o‘tadigan Tramp inauguratsiyasidan oldingi 20 kunni Melaniya Tramp nigohi orqali yoritadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, film ishlab chiqarishiga 40 million dollar sarflangan. Shuningdek, Jeff Bezosga tegishli Amazon kompaniyasi Amazon MGM Studios’ni targ‘ib qilish uchun loyiha doirasida yana 35 million dollar ajratgan.






