AsosiyJamiyat

Navoiyda noqonuniy oltin qazib olishga chek qo‘yildi.

Davlat boshqaruvidagi yerlarda noqonuniy oltin qazib olish va kimyoviy qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi uyushgan jinoyiy guruh faoliyati toʻxtatildi.

'Navoiyda noqonuniy oltin qazib olishga chek qo‘yildi.'ning rasmi

DXX Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘lishicha, guruh xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilib, soliq, geologiya va ekologik qonunchilikni buzgan holda faoliyat yuritgan. Jinoyiy guruhga Karmana tumanidagi sport sohasiga ixtisoslashgan MCHJ rahbari rahbarlik qilgan.

Tadbirda qonunbuzarlardan 17,2 kg oltin va kumush qorishmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsuloti, tarkibida oltin zarrasi bo‘lgan 250 kg boyitilgan ko‘mir hamda 280 tonnadan ortiq qum va rudalar, 230 litr maxsus kimyo vositalari va oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan laboratoriya va jihozlar musodara qilindi. Shuningdek, qonuniy nazoratsiz sun’iy hovuzlarda oltinni qazib olish uchun mo‘ljallangan kimyo vositalari bilan to‘ldirilgan maydonlar ham aniqlandi.

Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan va tergovgacha qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tadbir davomida qonun ustuvorligi va davlat zahiralari muhofazasi ta’minlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fransiyada davlat xizmatchilariga Google Meet va Zoom taqiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:37

    Fransiyada davlat xizmatchilariga Google Meet va Zoom taqiqlandi

    Endilikda barcha davlat xizmatchilari videokonferensiyalar uchun tashqi platformalar o‘rniga faqat Fransiyada ishlab chiqilgan Visio tizimidan foydalanishi shart bo‘ladi.

    'Prezident Turkiyaga ketadigan bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:03

    Prezident Turkiyaga ketadigan bo‘ldi

    Xo'sh, O'zbekiston yetakchisi nima uchun Turkiyaga boradi?

    'Prezidentning organdagi tozalashidan keyin kimlar keldi-yu kimlar ketdi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:21

    Prezidentning organdagi tozalashidan keyin kimlar keldi-yu kimlar ketdi?

    Darakchi.uz yangi tayinlovlar roʻyxatini bir joyga toʻpladi.

    'Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:08

    Indoneziyadagi ko‘pki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

    G‘arbiy Yavada yuz bergan fojeadan so‘ng qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qidirishda davom etmoqda, bedarak yo‘qolganlar ro‘yxati aniqlashtirilmogda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:02

    'Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:00

    Andijonda yashirin narkolaboratoriya aniqlandi

    DHX, Bojxona va IIO hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlangan xonadon fosh etildi.