AsosiyDunyo
4683

AQShda polisiyachi qoidabuzar yigitga bo`yinbog` bog`lashni o`rgatdi (Video)

AQShning Viskonsiya shtatidagi Menomen shahrida polisiya zobiti Martin Folkzik tezlikni oshirgani uchun to`xtatilgan haydovchi yigitga bo`yinbog` bog`lashni o`rgatdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Tezlikni oshirgani uchun to`xtatilgan Trevor Kini degan talaba yigit polisiyachiga taqdimot marosimiga kech qolmaslik uchun do`stining oldiga shoshayotganligini, do`sti uning bo`yinbog`ini bog`lashi kerakligini tushuntirdi.

Folkzik yigitning hujjatlarini tekshirish jarayonida bo`yinbog`ni bog`ladi. Talaba yigit qonunbuzarligi uchun faqatgina ogohlashtirish bilan cheklandi.

Trevor Kini ABC News nashriga bergan intervyusida taqdimot marosimida eng yuqori – 92 ballni qo`lga kiritganini va polisiya zobiti unga saboq bergani haqida gapirib berdi.

“Men taqdimotdan qaytgandan keyin polisiya zobiti bilan qayta uchrashdim. U menga bo`yinbog` bog`lashni o`rgatdi”, dedi talaba yigit taassurotlari bilan o`rtoqlashib.

Boshqa yangiliklar