AsosiyJamiyat

2025 йилда меҳнат қонунчилиги энг кўп бузилган соҳалар маълум қилинди

Davlat mehnat inspektsiyasi maʼlumotiga koʻra, yil boshidan buyon qurilish, taʼlim va tibbiyot sohalarida minglab qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

'2025 йилда меҳнат қонунчилиги энг кўп бузилган соҳалар маълум қилинди'ning rasmi

2025 yilda eng ko‘p mehnat qonunchiligi buzilgan sohalar reytingida qurilish tashkilotlari yetakchilik qilmoqda — 3 826 ta holat.

Undan keyingi o‘rinlarda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari (3 041 ta) hamda tibbiyot muassasalari (2 676 ta) qayd etilgan.

Davlat mehnat inspektsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sohalarda asosan ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmasligi, mehnat shartnomasining rasmiylashtirilmasligi, ish vaqti va dam olish rejimiga rioya etilmasligi hamda noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlari aniqdanmoqda.

    Boshqa yangiliklar