AsosiyJamiyat

OʻFA prezidenti va vitse-prezidentlari qayta saylandi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov kongressida rahbariyat tarkibi oʻzgarishsiz qoldi.

'OʻFA prezidenti va vitse-prezidentlari qayta saylandi'ning rasmi

29 yanvar kuni Milliy futbol markazida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hisobot-saylov kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda assotsiatsiya prezidenti hamda vitse-prezidentlari lavozimlariga saylov o‘tkazildi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Ravshan Ermatov birinchi vitse-prezident, Odil Ahmadov esa vitse-prezident sifatida o‘z lavozimlarini saqlab qoldi.

Kongress doirasida, shuningdek, OFAning moliyaviy faoliyati bo‘yicha auditorglik hisoboti tasdiqlandi hamda 2025 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Eldor Shomurodov yilning eng yaxshi futbolchisi, Temur Kapadze esa yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

    Boshqa yangiliklar