AsosiyJamiyat

Ramos endi raqibini urgani bilan ham kartochka olmaydigan kasb topdi

"Real Madrid"ning sobiq sardori Serxio Ramos futbol maydonini tark etdi va endilikda ringga ko‘chdi. 39 yoshli futbolchi blogger va kikbokschi Endryu Teyt bilan boks jangida ishtirok etadi.

'Ramos endi raqibini urgani bilan ham kartochka olmaydigan kasb topdi'ning rasmi

Ma'lumotlarga ko'ra, jang Misfits Boxing tomonidan tashkil qilingan. U 22 avgust kuni Qatar poytaxti Dohadagi "Lusail" stadionida bo'lib o'tadi. Musobaqa 88,5 kg vazn toifasida o'tkaziladi va uch daqiqalik olti raunddan iborat.

Ramos hozirda klubsiz. Uning so'nggi jamoasi Meksikaning "Monterrey" jamoasi bo'lib, u 2025 yil oxirida klubni tark etgan. 2005-2021 yillarda Ramos "Real Madrid" sharafini himoya qilib, klub bilan beshta Ispaniya chempionligi va to'rtta Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritgan. 2021-2023 yillarda esa "Pari Sen-Jermen" safida ikki marta mamlakati chempioni bo'lgan.

Shuningdek, Ramos Ispaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi Jahon chempionati va ikki Yevropa chempionligini (2008 va 2012) qo'lga kiritgan. Endi u o'zini boks ringida sinab ko'radi.

    Boshqa yangiliklar