AsosiyJamiyat

Ertadan ba'zi metan zapravkalarning ish vaqti qisqaradi

2 fevraldan boshlab gaz ta’minotidagi bosimni me’yorda ushlab turish maqsadida ba’zi metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.

'Ertadan ba'zi metan zapravkalarning ish vaqti qisqaradi'ning rasmi

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2 fevraldan boshlab respublika bo‘ylab metan yoqilg‘i quyish shoxobchalar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Ushbu choralar gaz ta’minotidagi bosimni me’yorda ushlab turish maqsadida joriy etilmoqda.

Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysi hududlarida metan zapravkalarining ish vaqti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, mavjud gaz bosimi darajasidan kelib chiqib belgilanadi. Ya’ni ayrim tuman va shaharlarda jadval o‘zgarishi mumkin. 

Shu bilan birga, rasmiylarga ko‘ra, ijtimoiy soha ob’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika hamda jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklanmaydi. Ular barqaror va uzluksiz gaz bilan ta’minlanadi.

    Boshqa yangiliklar