AsosiyBu qiziq

Oʻzbekiston "International IQ Test" reytingida 75-oʻrinni egalladi

Бу кўрсаткич ўтган йилга нисбатан бироз пасайган.

'Oʻzbekiston "International IQ Test" reytingida 75-oʻrinni egalladi'ning rasmi

2026 yil boshiga mo‘ljallangan  “International IQ Test”reytingida O‘zbekiston 96,51 ball bilan dunyo bo‘yicha 75-pog‘onadan joy oldi. 

“International IQ Test” tashkiloti e’lon qilgan yangi reytingda Sharqiy Osiyo mamlakatlari yetakchilikni saqlab qoldi: Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya kuchli uchlikdan joy oldi. O‘zbekiston nomidan testda 4 671 nafar ishtirokchi qatnashgan.

Markaziy Osiyoda Qozog‘iston 80-, Qirg‘iziston 93-, Tojikiston esa 101-o‘rinda qayd etildi. Turkmaniston ishtirokchilar soni kamligi sabab umumiy ro‘yxatga kiritilmadi.

Reyting natijalari mantiqiy shakl va rasmlar asosidagi topshiriqlar orqali aniqlandi bo‘lib, til yoki madaniy omillar hisobga olinmagan.

Mutaxassislar mamlakatlar o‘rtasidagi farqlarga ta’lim sifati, ovqatlanish, intellektual mashg‘ulotlar hamda sog‘liq bilan bog‘liq omillar ta’sir qilishini qayd etmoqda.

Shu bilan birga, test faqat internet foydalanuvchilari orasida o‘tkazilgani va IQ ko‘rsatkichi ijodkorlik yoki muloqot qobiliyatini emas, asosan mantiqiy fikrlashni baholashini unutmaslik kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2025 yilda Oʻzbekistonda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum etildi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 04:08

    2025 yilda Oʻzbekistonda qariyb 19 ming kishi ozodlikdan mahrum etildi

    Yil davomida sudlar tomonidan 63 mingdan ortig jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, 63 340 nafar shaxs sudlangan.

    'Hafta boshida harorat yana ko‘tariladi'ning rasmi

    Bu qiziq 01.02.2026 20:42

    Hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    2 fevral kuni qanday ob-havo kuzatilishini eʼlon qilindi.

    'Bugun ba'zi hududlarda qor yog'adi'ning rasmi

    Bu qiziq 31.01.2026 02:52

    Bugun ba'zi hududlarda qor yog'adi

    “O‘zgidromet” 31 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 29.01.2026 19:25

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    “O‘zgidromet” 30 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmogda'ning rasmi

    Bu qiziq 29.01.2026 16:23

    O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmogda

    Anqarada oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    'Dollar kursi salqam 12 200 so‘m bo‘ldi'ning rasmi

    Bu qiziq 29.01.2026 11:58

    Dollar kursi salqam 12 200 so‘m bo‘ldi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.