29 yanvar kuni soat 18:20 lardan atrofida To‘yloq tumani "Jumabozor" MFY hududidan o‘tgan D–069 avtomobil yo‘lining 12-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. To‘yloq–Urgut yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan velosipedchini shu yo‘nalishda kelayotgan Isuzu rusumli yuk mashinasi urib yuborgan.
Zarb oqibatida velosipedchi yo‘lga yiqilgan. Orqa tomondan harakatlanib kelayotgan Damas rusumli avtomobil esa uni bosib ketgan. Natijada fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan To‘yloq tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmogda. Samarqand viloyati IIB JXH YXHB yo‘l harakati ishtirokchilarini qoidalarga qat’iy amal qilishga chaqirdi.






