Ayrim ijtimoiy tarmoqlar hamda turli internet manbalarida hukumat axborot tizimlaridan shaxsga doir ma'lumotlar noqonuniy ravishda olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Soliq qo‘mitasi shuni ma'lum qiladiki, ayni paytda qo‘mita axborot tizimlarini kiberhujumlardan himoya qilish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Hozirda barcha interaktiv xizmatlar va axborot tizimlari belgilangan tartibda barqaror va uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.






