AsosiyJamiyat

2025 йилда Тошкент метросига неча нафар йўловчи тушгани очиқланди

Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 6,1 foizga yuqori.

'2025 йилда Тошкент метросига неча нафар йўловчи тушгани очиқланди'ning rasmi

2025 yilda metro xizmatlaridan foydalangan yo‘lovchilar soni 286 milliondan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida metropoliten orqali 286,8 million nafar yo‘lovchi tashilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 6,1 foizga yuqori.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida metropoliten xizmatlaridan bir kunda o‘rtacha 785,6 ming nafar yo‘lovchi foydalangan.

Yillar kesimida metro orqali tashilgan yo‘lovchilar sonida barqaror o‘sish kuzatilmogda. Xususan:

— 2020 yilda — 38,8 mln nafar,

— 2021 yilda — 101,8 mln nafar,

— 2022 yilda — 136,7 mln nafar,

— 2023 yilda — 172 mln nafar,

— 2024 yilda — 270,3 mln nafar,

— 2025 yilda — 286,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Mutaxassislar ushbu o‘sishni metro yo‘nalishlarining kengayishi, harakat intervallarining qisqarishi va aholi soni ortishi bilan izohlamogda.

    Boshqa yangiliklar