1

Pirotexnika vositalarini shokolad qutisi ichiga yashirib olib o`tishga uringan fuqaro qo`lga olindi

Jamiyat 22.12.2016, 16:30
Teglar: O`zbekiston, Yangi yil
Pirotexnika vositalarini shokolad qutisi ichiga yashirib olib o`tishga uringan fuqaro qo`lga olindi

Tez yonuvchi moddalardan tayyorlanadigan va yong`in xavfsizligi nuqtai nazaridan xavfli hisoblanadigan pirotexnika vositalaridan noto`g`ri foydalanish bevosita odamlarning hayoti va sog`lig`iga, jamoat tartibi va fuqarolarning mol-mulkiga jiddiy zarar etkazishi mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasining 2010 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonuni pirotexnika buyumlari muomalasi bo`yicha samarali davlat nazorati o`rnatilishida, fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda, xususan ularning salomatliklari va jamoat xavfsizligini ta`minlashda muhim asos bo`lib xizmat qilmoqda. Mazkur qonunga muvofiq pirotexnika buyumlari muomalasini lisenziyalash joriy etilgan.

Pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi yuzasidan ma`muriy va jinoiy javobgarlikning kuchaytirilishi bojxona organlarining ham mas`uliyatini yanada oshirdi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari “Moskva-Toshkent” yo`lovchi poezdida yurtimizga kirib kelgan fuqaro F.Axmedovning (maqoladagi barcha ism-shariflar o`zgartirilgan) qo`l yuklarini bojxona ko`rigidan o`tkazishganda, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan 72 dona “Super Juk” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Mazkur pirotexnika vositalari shokolad qutisida yashirincha olib kelinayotgan ekan.

Shuningdek, boshqarmaning tezkor guruhi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda poytaxtimizning Olmazor tumanida pirotexnika vositalarni sotish va tarqatish bilan shug`ullanayotgan fuqarolar A.Sodiqov va A.Saidovlardan jami 19200 dona “PETARDS-S rojdestvom 10x60” nomli pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 1851-moddasiga ko`ra pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirish (O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o`tkazish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2501-moddasiga muvofiq pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirish (O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o`tkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1