AsosiyJamiyat

Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 fevral kuni qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish, sohada ilm-fanni rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

'Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi'ning rasmi

Taqlidotda so‘nggi besh yilda 826,5 ming gektar yer qishloq xo‘jaligi foydalanishiga kiritilgani, 2030 yilgacha yana 938 ming gektar yaylovlarni o‘zlashtirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. 2026–2027 yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanib, chorvachilik hajmini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 22 ta ilmiy markaz va 260 ta laboratoriyani Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga birlashtirish taklif etildi. Biotexnologiya, gen injeneriyasi, raqamli va "aqlli" qishloq xo‘jaligi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Taqlidotda kadrlar tayyorlash masalalariga ham e’tibor qaratildi. Universitet ta’limi, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash, talabalarni amaliyotga keng jalb qilish vazifalari belgilab berildi.

Prezident muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddidlarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Boshqa yangiliklar