AsosiyJamiyat

Toshkentdagi kompyuter klubida janjal: 2 o‘quvchi pichoqlandi

Olmazor tumanida 19 yoshli yigit klubda salom bermagani sababli ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchini pichoqladi. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Toshkentdagi kompyuter klubida janjal: 2 o‘quvchi pichoqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, klubga kirgan yigit bolalar bilan yomon ohangda suhbatlashgan. Oqibatda janjal kelib chiqib, u oldidagi pichoq bilan ikki o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasining 2-qismi — ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda yigit qamoqqa olingan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 17 yoshli o‘smir o‘z tanishiga pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar