AsosiyJamiyat

Toshkentda qoidabuzar haydovchiga chora koʻrildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida boshqa transport vositasiga nisbatan avariyaviy xavfli holat yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi.

'Toshkentda qoidabuzar haydovchiga chora koʻrildi.'ning rasmi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB YXHB xodimlari tomonidan surishtiruv o‘tkazilib, qoidabuzar haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.

    Boshqa yangiliklar