AsosiyJamiyat

Bugun ham O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

12 fevral kuni respublika boʻylab yogʻingarchilik kuchayishi, togʻli hududlarda esa qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi.

'Bugun ham O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi'ning rasmi

“O‘zgidromet” 12 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan soniyada 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4..+6 daraja iliq, kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyada 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Cho‘l hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyada 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyada 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan soniyada 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyada 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi havfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyada 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

11-14 fevral kunlari O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir (shimolda qorga aylanadi) yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 11-16 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi havfi bor. 11-16 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi ortidan ikki kishi jarohat oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:42

    Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi ortidan ikki kishi jarohat oldi

    Viloyat hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

    'Namanganda qalbaki pul muomalasiga chek qoʻyildi'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2026 14:54

    Namanganda qalbaki pul muomalasiga chek qoʻyildi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Namangan viloyatining Chortoq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki pul muomalasi fosh etildi.

    'Yana "Korzinka" joylashgan binoda yong‘in chiqdimi?'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2026 13:36

    'Qozog‘iston qo‘shni davlatlarga internet uzatishni rejalashtirmoqda, ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘q'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2026 13:02

    Qozog‘iston qo‘shni davlatlarga internet uzatishni rejalashtirmoqda, ro‘yxatda O‘zbekiston yo‘q

    Qozog‘iston sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasi orqali qo‘shni davlatlarni internet bilan ta’minlash rejasini e’lon qildi.

    'Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi yig‘ilishga kirishdan avval vafot etgan — IIBB'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2026 10:43

    Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi yig‘ilishga kirishdan avval vafot etgan — IIBB

    Toshkent viloyati IIBB ma’lum qilishicha, Olmaliq shahridagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi tarbiyaviy yig‘ilishga kirishdan oldin hushini yo‘qotib, vafot etgan.

    'Toshkentda qoidabuzar haydovchiga chora koʻrildi.'ning rasmi

    Jamiyat 11.02.2026 10:12

    Toshkentda qoidabuzar haydovchiga chora koʻrildi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida boshqa transport vositasiga nisbatan avariyaviy xavfli holat yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi.