AsosiyJamiyat

Yangi haftada O‘zbekiston bo‘ylab quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Faqat bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor, tog‘li joylarda esa qor ko‘chishi xavfi saqlanadi.

'Yangi haftada O‘zbekiston bo‘ylab quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

"O‘zgidromet" 15-18 fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-17 fevalda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17-fevralda +1...+6 daraja iliq, 18 fevalda +3...+8 daraja iliq, kunduzi 15 va 17-fevralda +10...+15 daraja iliq, 16 fevalda +5...+10 daraja iliq, 18-fevralda +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevalda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-17 fevalda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi 15 fevalda +17...+22 daraja iliq; 16-17-fevralda +12...+17 daraja iliq, 18 fevalda +18...+23 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida 15-17-fevralda +1...+6 daraja iliq, 18-fevralda +3...+8 daraja iliq, kunduzi 15 va 17-fevralda +10...+15 daraja iliq, 16-fevralda +5...+10 daraja iliq, 18-fevralda +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevalda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 fevalda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-fevralda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15 va 17-18 fevalda +5...+10 daraja iliq, 16-fevralda +7...+12 daraja iliq, kunduzi 15-16-fevralda +15...+20 daraja iliq, 17 fevalda +12...+17 daraja iliq, 18-fevralda +17...+22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevalda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 16-fevralda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17 fevalda kechasi +5...+10 daraja iliq, 18 fevalda +8...+13 daraja iliq, kunduzi 15 fevalda +18...+23 daraja iliq, 16-fevralda +15...+20 daraja iliq, 17-fevralda +13...+18 daraja 18-fevralda +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 fevalda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi 15-16 fevalda +15...+20 daraja iliq, 17 fevalda kechasi +12...+17 daraja iliq, 18 fevalda +16...+21 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 fevalda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 15-16-fevralda qor ko‘chishi havfi bor.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 15 fevalda kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi; 16-18 fevalda kechasi 0...+5 daraja iliqqacha, kunduzi +9...+14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

    Boshqa yangiliklar