AsosiyJamiyat

Trump: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” uchun milliardlab dollar ajratdi

AQSh Prezidenti Donald Trump Vashingtonda o‘tayotgan sammitda O‘zbekiston va yana bir qator davlatlar “Tinchlik kengashi”ni moliyalashtirish uchun katta mablag‘ ajratganini ma’lum qildi.

'Trump: O‘zbekiston “Tinchlik kengashi” uchun milliardlab dollar ajratdi'ning rasmi

19 fevral kuni AQShda o‘tgan “Tinchlik kengashi”ning birinchi yig‘ilishida Donald Trump O‘zbekiston ham ushu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, moliyaviy yordam ko‘rsatganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston, Ozarbayjon, BAA, Marokash, Bahrayn, Qatar, Sauudiya Arabistoni, O‘zbekiston va Quvayt tomonidan yordam paketi uchun jami 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratilgan.

Sammit AQSh Tinchlik institutida bo‘lib o‘tmoqda va unda 40 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida Trump mehmonlarni tanishtirar ekan, Shavkat Mirziyoyev familiyasini talaffuz qilishda qiynalganini aytib, uni do‘sti deb hisoblashini hamda bu tarixdagi eng qiyin familiyalardan biri ekanini hazil bilan ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar