AsosiyJamiyat

Mirziyoyev: G‘azo mintaqasini tiklashga O‘zbekiston tayyor

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tinchlik Kengashining birinchi sammitida nutq soʻzladi.

'Mirziyoyev: G‘azo mintaqasini tiklashga O‘zbekiston tayyor'ning rasmi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpga sammitni chaqirgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston Tinchlik Kengashini qo‘llab-quvvatlaganini, G‘azo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tiklash uchun amaliy hissa qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, barpo etiladigan turar joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va kasalxonalar orqali hudud aholisining hayot sharotini yaxshilashga yordam berilishi rejalashtirilmoqda.

Mirziyoyev sammitni xalqaro birdamlik va tinchliksevarlik ramzi sifatida baholab, G‘azoning farovon va barqaror mintaqa bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar