AsosiyJAMIYAT

O'zini Bosh prokuratura xodimi deb tanishtirgan firibgar qo'lga olindi

Ayni vaqtda holat yuzasidan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

'O'zini Bosh prokuratura xodimi deb tanishtirgan firibgar qo'lga olindi'ning rasmi

O‘zini Bosh prokuratura xodimi sifatida tanishtirib, bir necha fuqaroni aldagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilgan holda turli va’dalar berib kelgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan 1161 qisqa raqamli Ishonch telefoni orqali murojaat qilishni so‘radi.

Ma’lum qilinishicha, murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Boshqa yangiliklar