AsosiyJamiyat

Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 26 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

'Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

26 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +8...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq, Ustyurtda kechasi -3-8 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq +2 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +7...+12 daraja iliq, Navoiy viloyati cho‘l hududida kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi havfi bor. Sel-suv hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:41

    Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”

    Eron TIV rahbari mamlakat boshqaruv tizimi alohida shaxslarga bog'liq emasligini ta'kidladi.

    'Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:05

    Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi

    Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda.

    'Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:51

    Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi

    Muzeyda rekonstruksiya va yangi ekspozitsiya yaratish ishlari boshlanishi munosabati bilan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi.

    'Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:36

    Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi

    Ҳолат юзасидан ниналар маълум?

    'Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:03

    Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi

    Osmonda bir vaqtning o'zida 6 ta sayyora saf tortadi, ulardan 4 tasini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin.

    'Oliy sud Zomin tumanidagi ikki yoshlining bolaning o‘limi bo‘yicha hukmni tasdiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:14

    Oliy sud Zomin tumanidagi ikki yoshlining bolaning o‘limi bo‘yicha hukmni tasdiqladi

    Jizzax viloyati Zomin tumanida 2025 yil iyun oyida sodir boʻlgan hodisa boʻyicha birinchi instansiya sudining hukmi apellyatsiya bosqichida ham oʻz kuchida qoldirildi.