1

Archa bayrami qaerda va qachon boshlanadi?(Foto)

Jamiyat 23.12.2016, 16:53
Teglar: Yangi yil
Archa bayrami qaerda va qachon boshlanadi?(Foto)

Nafaqat poytaxtimizda, balki mamlakatimizning barcha  shahar va tumanlarida Yangi yil bayramini ko`tarinki ruhda nishonlashga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi axborot xizmati.  

Bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va tinch-osoyishta o`tkazish maqsadida viloyat, tuman va shahar hokimliklari hamda mas`ul idoralar tomonidan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yo`lga qo`yildi. 

Respublikamizning barcha tuman va shaharlaridagi markaziy xiyobonlar, maydonlarda bayram archalari o`rnatilib, bezatilmoqda. 

Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun kirib kelayotgan Yangi yil bayramini yuqori saviyada tashkil etish,  ayniqsa yoshlarni qishki ta`til kunlarini mazmunli o`tkazish,  shuningdek, mazkur ishlarni tashkil etishda qulay sharoitlar yaratish, ya`ni tashkil etiladigan savdo shaxobchalarnining to`laqonlik ishlashi, maydonlar va ko`cha hiyobonlarni zamonaviy va badiiy jihatdan bezash, namoyish etiladigan teatrlashgan Yangi yil spektakl va tomoshalarini badiiy jihatdan yuqori saviyada namoyish etilishi, o`rnatiladigan barcha texnik vositalarni - attraksion va o`yin qurilmalarini soz va havfsiz ishlashini ta`minlash hamda bayram tadbirlarini tinch va osoyishta o`tkazilishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 dekabrdagi "Toshkent shahrining "Mustaqillik va ezgulik” maydoni hamda shaharning boshqa maydonlarida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlarini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 222-sonli majlis bayoni tasdiqlandi

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

Bayonnomaga muvofiq "Mustaqillik va ezgulik” maydoni, Shayxontohur tumani Xadra maydoni va "Lokomotiv-Anxor” bog`i yonidagi maydonlari, Yunusobod tumani Sayilgoh maydoni, Chilonzor tumani Algoritm dahasidagi "Roison Electronics” korxonasi oldi maydoni, Yashnobod tumani "Aviasozlar” shaharchasi maydoni, Mirzo Ulug`bek tumani "Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog`i, Sirg`ali tumani "SUNDAY” supermarketi oldi maydoni hamda Bektemir tumani "Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog`larida 2016 yil 28 dekabrdan 2017 yil 8 yanvargacha Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari o`tkazilishi belgilangan. Mazkur maydonlarda ulkan archalar, attraksionlar va o`yin qurilmalari, savdo rastalari, ekran hamda turli o`lchamdagi sahnalar o`rnatilib, Ayni paytda bezash ishlari amalga oshirilmoqda.

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

Tadbirlarda O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi, "O`zbeknavo” estrada birlashmasi san`atkorlari xamda poytaxtdagi teatr va sirk jamoalari, tumanlarda faoliyat ko`rsatayotgan folklor jamoalari va xonandalar faol qatnashishi ko`zda tutilgan. 

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

Bu yil poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun kirib kelayotgan Yangi yil bayramini ommaviy nishonlash uchun  "LOKOMOTIV-ANXOR” BOG`I YoNIDAGI MAYDON tanlandi va bu hududda ulkan obodonlashtirish ishlari olib borildi. 

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

Salkam 4 gektar hududda bunyod bo`lgan bayram maydonining markazida, tabiiyki, ulkan archa qad ko`targan. "O`zmaxsusmontaj” aksionerlik jamiyatining "Chirchiqstalmontaj” MChJ ishchilari tomonidan barpo etilayotgan balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metr bo`lgan sun`iy archaning barcha ehtiyot qismlari, hattoki unga bezatiladigan o`yinchoqlar ham Rossiyadan keltirildi.  Qish ziynati bo`lmish ushbu archa 10 mingdan ziyod qo`g`irchoq va rang-barang tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilmoqda.

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

Salkam 4 gektar hududda bunyod bo`lgan bayram maydonining markazida, tabiiyki, ulkan archa qad ko`targan. "O`zmaxsusmontaj” aksionerlik jamiyatining "Chirchiqstalmontaj” MChJ ishchilari tomonidan barpo etilayotgan balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metr bo`lgan sun`iy archaning barcha ehtiyot qismlari, hattoki unga bezatiladigan o`yinchoqlar ham Rossiyadan keltirildi.  Qish ziynati bo`lmish ushbu archa 10 mingdan ziyod qo`g`irchoq va rang-barang tovlanuvchi chiroqlar bilan bezatilmoqda.

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

Shuningdek, Mirzo Ulug`bek nomidagi madaniyat va istirohat bog`i hududidagi 20 ta yangi attraksionlar va o`yin qurilmalari, 8 ta 5 metrli, 3 ta 10 metrli archa, 2 ta bioxojatxonalar hamda ulkan ekranlar o`rnatildi. Mazkur ekranlarda bolajonlar uchun milliy multfilmlarning namoyish etilishi hamda asosiy sahnadagi ekranda ijtimoiy video lavhalar, ya`ni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari aks etgan videolavhalarni namoyish etilishi rejalashtirilgan.

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

"Mustaqillik va ezgulik” maydonida ham balandligi 27,8 metrli Yangi yil archasi o`rnatildi. Yangi archa bezaklari va o`yinchoqlar bilan bezash va bannerlar chop ettirish ishlari olib borilmoqda.

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

ARChA BAYRAMI QAERDA VA QAChON BOShLANADI?

Sharhlar

O`zbekiston bosh archasi qaerda o`rnatilgani ma`lum qilindi (video)

10.12.2021, 10:32

Har yili uzoq kutiladigan Yangi yil ayyomiga sanoqli kunlar qoldi. Toshkentda esa bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.  Eng baland sanalgan yurtimizning...
Yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

27.12.2019, 17:33

Insonlar Yangi yil bayramini odatda qorli sovuq ob-havo bilan kutib olishni xohlaydilar.Biroq boshqa janubiy o`lkalar kabi O`zbekiston aholisi ham har doim Yangi yilni qor bilan...
Qashqadaryoda “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanlovi boshlandi. Ilk ishtirokchi "InFinBank" (foto)

17.12.2019, 22:10

Qashqadaryodagi tashkilot, korxona va muassasalar binolarini yangi yil arafasida bayramona bezalganlik darajasini aniqlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan “Eng yaxshi yangi yil manzarasi” tanloviga start berildi,...
Toshkentning asosiy Yangi yil archasi odatdagidan erta o`rnatila boshladi (foto)

26.11.2019, 17:14

Istiqlol ko`chasidagi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada yonida odatdagidan ko`ra erta Toshkentning asosiy yangi yil archasi o`rnatila boshlandi.Darakchi.uz tahririyatiga yuborilgan suratlardan ko`rinib turibdiki, Archaning karkasi o`rnatib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1