AsosiyJamiyat

Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари асосида иш қўзғатилган.

'Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Namangan viloyati prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri 9 ming AQSh dollarini pora sifatida olgan paytda ushlandi.

U shaxs yakka tadbirkorga tegishli do‘kondagi jarimani bartaraf etish va chora ko‘rilmasligini ta’minlash uchun pul talab qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ish qo‘zg‘atildi va devonxona noziriga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Fuqarolar shunday qonunbuzilish holatlariga duch kelsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga xabar qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar