AsosiyJamiyat

3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy taʼlimda “ikkinchi imkoniyat” beriladi

Mazkur imkoniyat 2026-2027-o‘quv yilidan boshlanadi.

'3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy taʼlimda “ikkinchi imkoniyat” beriladi'ning rasmi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talabalar va 3 yoshgacha bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan talabalarga oliy ma’lumot olish uchun “ikkinchi imkoniyat” taqdim etiladi.

Kursda qoldirilgan yoki o‘qishdan chetlashtirilgan talabalar, istisno tariqasida, akademik farqlarni qayta o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, ular uchun akademik farqlarni mustaqil o‘zlashtirish maqsadida qo‘shimcha muddat beriladi va zarur sharoitlar yaratiladi.

Homilador talaba qizlar yoki 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan talabalarga akademik ta’til davrida o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyatini joriy etish kutilmogda.

    Boshqa yangiliklar