AsosiyJamiyat

Toshkentda Lacetti boshqargan voyaga yetmagan bola YPXdan qochib YTH sodir etdi

Chilonzorda YPX xodimlarining toʻxtash talabiga boʻysunmagan Lacetti haydovchisi qochish vaqtida boshqa mashina bilan toʻqnashib ketdi.

'Toshkentda Lacetti boshqargan voyaga yetmagan bola YPXdan qochib YTH sodir etdi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, 1 mart kuni tungi soat 01:10 atrofida Chilanzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida davlat raqam belgisiz Lacetti katta tezlikda harakatlangan.

YPH xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan haydovchi Kichik halqa avtomobil yo‘li va Dombrobod ko‘chalari orqali qochgan. Yo‘lda boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib YTH sodir etganiga qaramay, u harakatni davom ettirgan.

Avtomobil Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida to‘xtatilgan. Tekshiruvda haydovchi 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola ekani, u otasiga tegishli Lacetti’ni ruxsatsiz olib chiqqanligi aniqlandan.

Holat yuzasidan materiallar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuraturaga yuborilgan. 

    Boshqa yangiliklar