AsosiyJamiyat

Epsteyn ishida Trumpni ayblagan ayolning ko‘rsatmalari e’lon qilindi

AQSh Adliya vazirligi moliyachi va jinsiy jinoyatchi Jeffri Epstein ishi boʻyicha ilgari eʼlon qilinmagan Federal qidiruv byurosi hujjatlarini oshkor qildi.

'Epsteyn ishida Trumpni ayblagan ayolning ko‘rsatmalari e’lon qilindi'ning rasmi

Epshteyn ishi bo‘yicha yaqinda ochiqlangan hujjatlarda bir ayolning Donald Trampni jinsiy jinoyatlarda ayblagan bayonotlari ham o‘rin olgan. Bu haqda Zamon.uz nashri ma’lum qildi.

Hujjatlar 5 mart kuni vazirlik rasmiy saytida e’lon qilindi. Federal qidiruv byurosi materialida 2019 yilda tergovchilar nomi oshkor qilinmagan ayolni Epshteyn ishi yuzasidan to‘rt marta so‘roq qilgani keltirilgan. 

Avval Adliya vazirligi faqat bitta uchrashuv haqida qisqacha ma’lumot bergan edi. O‘sha uchrashuvda ayol Epshteyn unga o‘smirlik paytida tegajog‘lik qilganini aytgandi.

Yangi hujjatlarda ayol 1980 yillarda, ya’ni 13–15 yoshda bo‘lganida Epshteyn uni Tramp bilan tanishtirganini va Tramp uni g‘ayriinsoniy jinsiy aloqa qilishga majburlashga urinaganini bildirgan. Reuters bu da’volarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmagan.

Oq uy matbuot kotibi esa ushu ayblovlarni “mutlaqo asossiz va hech qanday ishonchli dalillar bilan tasdiqlanmagan” deb atadi. Adliya vazirligi ham e’lon qilingan materiallarning bir qismida Trampga nisbatan “ishonchsiz va shov-shuvli da’volar” bo‘lishi mumkinligini ogohlantirgan. Hujjatlar ilgari “takroriy fayllar” deb belgilangan 15 ta hujjat orasida bo‘lganligi sababli e’lon qilinmaganini aytilgan.

Epshteyn ishi bilan bog‘liq mazkur hujjatlar Kongress bosimi fonida jamoatchilikka oshkor qilinmoqda. Demokratlar Tramp ma’muriyatini prezidentga aloqador materiallarni yashirishda ayblamoqda. 

Xususan, CNN telekanali Epshteyn ishi bo‘yicha keyingi e’lon qilingan hujjatlarda ayrim tergov ma’lumotlari “yo‘qolganini” bildirgan edi.

AQSh ommaviy axborot vositalari anonim da’vogar ayolning fuqarolik sudlariga bir necha bor da’vo arizasi berganini xabar qilgan. U o‘smir paytida Tramp va Epshteyn uning nisbatan jinsiy jinoyatlar sodir etganini iddao qilgan, ammo da’volar keyinchalik qaytarilgan va sudda ko‘rib chiqilmagan.

2008 yilda Jeffri Epshteyn voyaga yetmagan shaxsni fohishalikka undashda sudlangan, 2019 yilda esa ayollar, jumladan, voyaga yetmaganlar savdosi va fohishalikka undashda ayblangan. Shu yili u qamoqxona kamerasida vafot etgan, uning sherigi Gisleyen Maksvell esa keyinchalik 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Boshqa yangiliklar