AsosiyDunyo

Eron Naxichevonga qilingan hujumni tekshirishga va'da berdi

Eron tomoni Ozarbayjonning Naxichevon hududiga qilingan dron hujumi yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.

'Eron Naxichevonga qilingan hujumni tekshirishga va'da berdi'ning rasmi

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramovning aytishicha, bu masala Eron tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muhokama qilingan va Tehron hodisani puxta o‘rganishga va’da bergan. Boku tomoni tekshiruv natijalarini kutmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 5 mart kuni dron Naxichevon Muxtor Respublikasidagi xalqaro aeroport terminaliga zarba bergan, yana bir dron esa Shakorobod qishlog‘idagi maktab yaqiniga tushgan. Hodisadan so‘ng maktab o‘quvchilari va o‘qituvchili evakuatsiya qilingan.

Voqeadan keyin Mujtabo Demirchilu — Eronning Ozarbayjondagi elchisi Bokuqa chaqirilib, unga norozilik notasi topshirildi. Ilhom Aliyev hujumni "terroristik harakat" deb atab, Erondan uzr so‘rashni talab qildi. Shuningdek, Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham hujumni keskin qoraladi.

Naxichevon Ozarbayjonning Turkiya, Eron va Armaniston bilan chegaradosh eksklavi bo‘lib, Janubiy Kavkazda strategik ahamiyatga ega hudud hisoblanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '1 kilogram osh tayyorlash qancha tushadi?'ning rasmi

    Dunyo 06.03.2026 04:33

    1 kilogram osh tayyorlash qancha tushadi?

    Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yil fevral oyi holatiga ko‘ra O‘zbekiston hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun ketadigan o‘rtacha xarajatlarni hisoblab chiqdi.

    'Trump Erondan keyin Kubaga urush ochadimi?'ning rasmi

    Dunyo 06.03.2026 04:21

    Trump Erondan keyin Kubaga urush ochadimi?

    AQSh prezidenti Donald Trump Eron bilan bog'liq vaziyat hal etilganidan so'ng Vashingtonning navbatdagi diqqat markazi Kuba bo'lishi mumkinligini bildirdi.

    'Eron raketalari Ozarbayjon aeroportiga qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 05.03.2026 08:59

    Eron raketalari Ozarbayjon aeroportiga qulab tushdi

    Aeroport Eron bilan chegaraqa taxminan 10 km masofada joylashgan.

    'Eronning yerosti "raketa shaharlari" AQSh va Isroil zarbalari uchun asosiy nishonga aylandi.'ning rasmi

    Dunyo 05.03.2026 07:14

    Eronning yerosti "raketa shaharlari" AQSh va Isroil zarbalari uchun asosiy nishonga aylandi.

    Harbiylar ma'lumotiga ko'ra, bir necha kun ichida yuzlab raketa va uchirish qurilmalari yo'q qilingan.

    'Germaniya Eronga qarshi urushda ishtirok etadimi?'ning rasmi

    Dunyo 05.03.2026 07:09

    Germaniya Eronga qarshi urushda ishtirok etadimi?

    Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniyaning Eronga qarshi urushda qatnashishi yoki qatnashmasligi haqida maʼlumot berdi.

    'Yaqin Sharqdagʻi mojaro ortidan Yevropa va qoʻshni davlatlarda yoqilgʻi qimmatladi'ning rasmi

    Dunyo 05.03.2026 00:30

    Yaqin Sharqdagʻi mojaro ortidan Yevropa va qoʻshni davlatlarda yoqilgʻi qimmatladi

    EY mamlakatlari, Ukraina va Moldovada benzin hamda gaz narxlari keskin o‘sdi.