BAA rasmiylari raketa va dron hujumlariga javoban Eronning mamlakat hududidagi aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda zamon.uz yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amirliklar rasmiylari Tehrondan maxfiy tarzda ehtimoliy moliyaviy choralar haqida ogohlantirgan. Ular orasida qobiq kompaniyalar hisoblarini muzlatish hamda valyuta ayirboshlamash shoxobchalarini keng ko‘lamli tekshirish kabi choralar muhokama qilinmoqda.
Potentsial sanksiyalarning asosiy nishonlaridan biri Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi (IRGC) bilan bog‘liq moliyaviy tuzilmalar bo‘lishi mumkin. Bunday choralar Eronning harbiy dasturlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq kanallarga jiddiy zarba berishi ehtimoli bor.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu cheklovlar amalga oshirilsa, Eronning xorijiy valyuta va global savdo tizimlariga kirish imkoniyatlari keskin cheklanishi mumkin. Chunki BAA uzoq yillar davomida G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishda muhim moliyaviy markaz sifatida xizmat qilib kelgan.
Xususan, Tehron global bozorlarda neft sotishdan tushgan mablag‘larni Amirliklar infratuzilmasi orqali taqsimlab kelgani, shuningdek mahalliy valyuta ayirboshlamash shaxobchalari orqali rasmiy bank tizimlaridan tashqari moliyaviy operatsiyalar amalga oshirgani qayd etilgan.






