O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15–20° iliq, shimolda 7–12° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18–20° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7–12° iliq bo‘ladi.






