AsosiyJamiyat

Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi

Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etdi.

'Samarqandda Zulfiya mukofoti sovrindori Latofat Amirovaga uy topshirildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakati-mizning bir guruh faol va tashabbuskor xotin-qizlari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. 

Ular orasida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi iqtidorli shoira Latofat Amirova ham bor.

Yosh ijodkorning istedodi va ijodiy yutuqlari yuqaq e‘tirof etilib, Prezident topshirig‘iga asosan unga Samarqand shahrining Qorasuv massividan ikki xonali, barcha sharoitlarga ega, mebellar bilan jihozlangan uy topshirildi.

Uy kalitini topshirish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboev ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim yosh shoira Latofat Amirovani erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlab, unga oilaviy hotirjamlik, mustahkam baxt va kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ta’kidlanishicha, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yurtimizda iqtidorli, faol va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalaridagi yutuqlarini rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:07

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi

    Toshkent, O‘zbekiston — sayohat va madaniyatga bag‘ishlangan dunyoning yetakchi jurnallaridan biri Condé Nast Traveler “The Best Places to Visit in June, From Route 66 to Uzbekistan” (“Iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar: Route 66 dan O‘zbekistongacha”) nomli materialida Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 08.03.2026 10:33

    'Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.03.2026 03:43

    Bugun harorat 20 darajagacha ko‘tariladi

    8 mart kungi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2026 16:15

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2026 13:44

    ''ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2026 11:12