AsosiyJamiyat

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi

Toshkent, O‘zbekiston — sayohat va madaniyatga bag‘ishlangan dunyoning yetakchi jurnallaridan biri Condé Nast Traveler “The Best Places to Visit in June, From Route 66 to Uzbekistan” (“Iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar: Route 66 dan O‘zbekistongacha”) nomli materialida Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini iyun oyida sayohat qilish uchun eng yaxshi yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritdi.

'O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nufuzli xalqaro Condé Nast Traveler nashrida e’tirof etildi'ning rasmi

Nashrda ta’kidlanishicha, Toshkent — Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar — o‘z tarixi davomida turli sivilizatsiyalar ta’sirida shakllangan. Buyuk Ipak yo‘li davri va arab sulolalaridan tortib keyingi tarixiy bosqichlargacha bo‘lgan madaniy ta’sirlar bugungi kunda ham shahar me’moriy qiyofasida namoyon bo‘lib turibdi. Ipak yo‘li davri yodgorliklarining ko‘k gumbazlaridan tortib sovet modernizmiga xos ifodali me’moriy shakllarigacha bo‘lgan manzaralar buning yorqin namunasidir.

Nashr, ayniqsa, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga alohida e’tibor qaratgan. Maqolada qayd etilishicha, mazkur yirik madaniy-ma’rifiy majmua islom madaniyati, ilmi va ma’naviy merosi tarixiga bag‘ishlangan muzey, ko‘rgazma va ta’lim maydonlarini o‘z ichiga oladi. Mualliflar fikricha, Markazning barpo etilishi O‘zbekistonning jahon madaniy sahnasidagi o‘rnini mustahkamlashga bo‘lgan intilishini ifoda etadi.

Materialda shuningdek, Toshkentda zamonaviy madaniy muhitning faol rivojlanayotgani ham ta’kidlanadi. Jumladan, Zamonaviy san’at markazining ochilishi va poytaxtning tarixiy mahallalarida xalqaro badiiy rezidensiyalarning paydo bo‘layotgani tilga olinadi.

Bu e’tirof O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi ma’lumotlarning Smithsonian MagazineBBC TravelBBC History va National Geographic kabi nufuzli xalqaro nashrlar va reytinglarda ham e’lon qilingani bilan yanada mustahkamlanmoqda. Ushbu ommaviy axborot vositalarida Markaz haqida ma’lumotlarning paydo bo‘lishi uni jahon miqyosidagi yirik muzey tashabbuslari — Los-Anjelesdagi Lucas Museum of Narrative Art, Vashingtondagi National Geographic Museum of Exploration va Londondagi London Museum kabi muassasalar bilan bir qatorga qo‘ymoqda.

Toshkent shahri va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining nufuzli xalqaro nashr tomonidan tavsiya etilgan sayohat yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilishi jahon hamjamiyatining O‘zbekiston madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlaydi hamda mamlakatning Markaziy Osiyodagi muhim madaniy va turistik markaz sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.

Condé Nast Traveler — sayohat va madaniyatga ixtisoslashgan eng ta’sirli xalqaro nashrlardan biri bo‘lib, 1987 yilda AQShda tashkil etilgan. U Condé Nast media xoldingi tarkibiga kiradi. Mazkur xolding shuningdek VogueThe New Yorker va GQ kabi mashhur jurnallarni ham nashr etadi. Jurnalning oylik global auditoriyasi 16 milliondan ortiq o‘quvchini tashkil etadi va u jahon turizm industriyasi uchun asosiy yo‘naltiruvchi manbalardan biri hisoblanadi, sayohat va madaniy turizm sohasida xalqaro kun tartibini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar bir yilgacha qamaladimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:32

    Endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar bir yilgacha qamaladimi?

    Hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmogda.

    'Senegal vazirlari fuqarolarini chetga chiqishini taqiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:22

    Senegal vazirlari fuqarolarini chetga chiqishini taqiqladi

    Eron atrofidagi mojaro ortidan neft narhi keskin oshib, Dakar tejamkorlik choralarini kuchaytirdi.

    'Qamchiq dovonida "Cobalt" handaqqa tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:00

    Qamchiq dovonida "Cobalt" handaqqa tushib ketdi

    Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

    'MISIS Olmaliq filiali va Rossiyaning "Sifra" korporatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:41

    MISIS Olmaliq filiali va Rossiyaning "Sifra" korporatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    MISIS Olmaliq filiali hamda "Raqam" DK o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    'Rossiya 3 mingdan ortiq o'zbekistonlik mahkumni topshirishga tayyor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:19

    Rossiya 3 mingdan ortiq o'zbekistonlik mahkumni topshirishga tayyor

    Rossiyada jazo oʻtayotgan minglab Oʻzbekiston fuqarolari vataniga qaytarilishi mumkin, ammo bu jarayon hali toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan.

    'Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:13

    Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi

    Toshkentda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazilmoqda.