AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda Chang-to‘zon ko‘tariladi

“O‘zgidromet” ogohlantirdi.

'Bugun ayrim hududlarda Chang-to‘zon ko‘tariladi'ning rasmi

Bugun, 9 aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol eshib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda kechga tomon shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar