AsosiyJamiyat

Indoneziyada chiqindixona qulab tushdi

Hodisa ortidan 7 kishi halok bo‘ldi.

'Indoneziyada chiqindixona qulab tushdi'ning rasmi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahri chekkasida joylashgan Bantargebang chiqindixonasida chiqindilar uyumi qulab tushishi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joriy yilning 8 mart kuni kuchli yomg‘irlar sabab yuz bergan. Oqibatda ulkan chiqindi uyumi qulab, hududda ishlayotgan odamlarni bosib qolgan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yettinchi qurbonning jasadini topgach, qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanganini bildirgan. Avval bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan ikki kishi esa sog‘-salomat uylariga qaytgani aniqlangan.

Halok bo‘lganlar orasida yuk mashinasi haydovchilari hamda chiqindixona hududida faoliyat yuritgan kichik oziq-ovqat do‘konlari egalari ham bor.

Taxminan 110 gektar maydonni egallagan Bantargebang poligoni har kuni 6,5–7 ming tonnagacha chiqindi qabul qiladi va Indoneziyadagi eng yirik chiqindixonlardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar