AsosiyDunyo

Трамп Кубани “дўстона эгаллаш” эҳтимоли ҳақида гапирди

AQSh Prezidenti Donald Trump Kuba rasmiylari Vashington bilan kelishuvga rozi bo‘lmasa, mamlakatni “do‘stona tarzda egallash” mumkinligini aytdi.

'Трамп Кубани “дўстона эгаллаш” эҳтимоли ҳақида гапирди'ning rasmi

Donald Trump 9-mart kuni jurnalistlar bilan muloqotda Kuba bilan muzokaralar masalasida to‘xtalib, agar Gavana Vashington bilan kelishuv tuzishdan bosh tortsa, AQSh mamlakati "do‘stona tarzda egallashi" mumkinligini bildirdi.

"Bu do‘stona egallash bo‘lishi mumkin. Yoki aksincha. Buning ahamiyati yo‘q, chunki ular, ta’bir joiz bo‘lsa, so‘nggi nafasini olmoqda. Ularda energiya yo‘q, pul yo‘q va ular chuqur gumanitar inqirozda", dedi Trump.

Uning aytishicha, Marko Rubio Kuba bilan ehtimoliy kelishuv ustida ish olib bormoqda, ammo muzokaralar mazmuni haqida aniq ma’lumot bermagan.

The Atlantic manbalariga ko‘ra, Kuba Eron va Venesueladan keyin Trump ma’muriyatining navbatdagi geosiyosiy nishoni bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Kuba hukumatida amaldagi rejimni almashtirish jarayonida Vashingtonga yordam berishi mumkin bo‘lgan shaxslarni izlashni boshlagan.

USA Today manbalari esa Vashington va Gavana o‘rtasida muhokama qilinayotgan ehtimoliy kelishuv Migel Diaz-Kanelning hokimiyatdan ketishi stsenariysi, Fidel Kastro oilasining oroldagi maqomi, shuningdek energetika, turizm va port infratuzilmasi sohasidagi bitimlarni o‘z ichiga olishi mumkinligini bildirgan. Bunday kelishuv doirasida AQSh ayrim sanksiyalarni bekor qilishi ehtimoli ham bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Livanda bir haftada qariyb 700 ming kishi uyini tark etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:53

    Livanda bir haftada qariyb 700 ming kishi uyini tark etdi

    Yaqin Sharqda keskinlashuv sabab mamlakatda yuz minglab odamlar o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.

    'Kim Chen Inning singlisi AQSH va Janubiy Koreyani tanqid qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:29

    Kim Chen Inning singlisi AQSH va Janubiy Koreyani tanqid qildi

    Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon AQSH va Janubiy Koreya o‘tkazayotgan qo‘shma harbiy mashqlar mintaqada xavfsizlikka tahdid solayotganini bildirdi.

    'Eron raketasi Turkiya havo hududida urib tushirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:27

    Eron raketasi Turkiya havo hududida urib tushirildi

    Hodisa ortidan Eronning Turkiyadagi elchisi TIVga chaqirtirildi.

    'Putin va Trump Eron masalasini muhokama qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:10

    Putin va Trump Eron masalasini muhokama qildi

    Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali suhbatlashib, Eron atrofidagi vaziyat, Ukraina bo‘yicha muzokaralar va jahon neft bozoridagi holatni muhokama qildi.

    'Imomg‘liga nisbatan sud jarayoni boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:12

    Imomg‘liga nisbatan sud jarayoni boshlandi

    Istanbul meri korruptsiya va jinoyiy guruhga rahbarlik qilishda ayblanmoqda. Muxolifat esa ish siyosiy motivga ega ekanini aytmoqda.

    'Жанубий Кореяда ўзбекистонлик ишчи ҳалок бўлди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:04

    Жанубий Кореяда ўзбекистонлик ишчи ҳалок бўлди

    Chungnam provinsiyasidagi metall eritish zavodida yuz bergan baxtsiz hodisada 50 yoshli fuqaro yuk ko‘targich bilan to‘qnashib, materiallar ostida qolgan.