AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

Ta'qiqlangan muddat va hududlarda baliq ovlash ma'muriy va jinoyiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

'O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi'ning rasmi

O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryoda 11 martdan 31 maygacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida esa 26 apreldan 10 iyungacha baliq ovlashga taqiq o‘rnatildi.

Boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash mumkin emas.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining ma’lumoticha, ushbu choralar baliqlarning ko‘payish davrida sonining keskin kamayishini va ayrim turlarning yo‘qolish xavfini oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qaror sun’iy suv havzalari, irrigatsiya tarmoqlaridagi intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish va qafaslardagi akvakulturaga tatbiq etilmaydi. Taqiqlangan muddat va hududlarda baliq ovlash ma’muriy va jinoyiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:49

    72 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilindi

    Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.

    'Quvaytdagi 42 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga tranzit yo‘llar orqali qaytarilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Quvaytdagi 42 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga tranzit yo‘llar orqali qaytarilmoqda

    42 nafar yurtdoshamizga O‘zbekiston Migratsiya agentligi tomonidan qaytish aviabiletlari xarid qilindi va ular 11-mart kuni Jidda-Toshkent reysi orqali Vatanimizga etib keladi.

    'Toshkentda “Gelik”ni 200 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:49

    Toshkentda “Gelik”ni 200 km/soat tezlikda boshqargan haydovchi ushlandi.

    Haydovchiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha jarima maydonchasiga olindi.

    '2 oyda 8 ta g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya fosh qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:23

    2 oyda 8 ta g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya fosh qilindi.

    Eng koʻp topilgan moddalar qatorida “gashish” bor.

    'Qozog‘iston Yaqin Sharqdan 8,5 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:10

    Qozog‘iston Yaqin Sharqdan 8,5 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi.

    Qozog‘iston Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida xorijdagi fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda.

    'AQSh Isroildan Eronning neft ob'ektlariga zarba bermaslikni so'radi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:27