Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi mahalliy nashrlardan biriga ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u Baku shahridagi BI-ES VIP klinikasida qabul o‘tkazib kelgan. Uning qabuliga kelganlar soni ortib, klinika oldida uzun navbatlar paydo bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Soliyevning gavjum klinikaga kirib kelgani hamda alohida xonada bemorlarni qabul qilayotgani aks etgan.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, u “bionur bilan davolash” usulini qo‘llashini aytib, qabuliga kelganlardan 60 manat (taxminan 430 ming so‘m) miqdorida pul olgan.






