AsosiyJamiyat

New Yorkda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi.

AQShning Nyu-York shahrida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi oqibatida O'zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova vafot etdi.

'New Yorkda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi.'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, hodisa 10 mart kuni Nyu-York shahrida yuz bergan. Unda shahar transport departamentiga qarashli yuk mashinasi ishtirok etgan.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi ushbu og‘ir yo‘qotish munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Diplomatik vakolatxona marhumaning oila a’zolari bilan doimiy aloqada ekani hamda zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar