Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Gruziya Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Rasmiy kutib olish marosimida O‘zbekiston va Gruziya davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, ertaga, 3 iyul kuni O‘zbekiston rahbarining Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.






