2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 77,3 yosh bo‘lgan bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 72,9 yoshni tashkil etgan. Shu tariqa, mamlakatda ayollar erkaklarga nisbatan o‘rtacha 4,4 yil uzoqroq umr ko‘rayotgani kuzatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda qayd etilgan 75,4 yoshli ko‘rsatkich mamlakat aholisi o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining o‘sish tendensiyasi saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.
Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshiga oid ma’lumotlarni ham e’lon qilgan edi.






