Uning aytishicha, endi Vashington Pokiston orqali uchrashuvlar uchun delegatsiya yubormaydi.
“Foks Nyus” telekanaliga bergan intervyusida Tramp Eron muzokara qilishni istasa, AQShga o‘zi murojaat qilishi yoki telefon orqali bog‘lanishi mumkinligini ta’kidlagan. U, shuningdek, uzoq safarlar va samarasiz uchrashuvlardan voz kechilishini aytgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyi boshidan buyon AQSh va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amal qilmoqda. Tramp ushbu kelishuv Eron tomonidan aniq taklif bildirilmaguncha davom etishini bildirgan.
Avvalroq Pokistonda ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgan, biroq ular kelishuvsiz yakunlangan. Keyinchalik Tramp navbatdagi uchrashuvlar uchun yuborilishi rejalashtirilgan vakillar safari ham bekor qilinganini ma’lum qildi.






