AsosiyDunyo

Trump Eronga kelasi hafta kuchli hujumlar bo‘lishini aytdi

Шунингдек, Дональд Трамп Эрон раҳбарияти вакилларини, у “ақлдан озганлар” деб атаган шахсларни ўлдириш унинг учун “улкан шараф” эканини айтди.

'Trump Eronga kelasi hafta kuchli hujumlar bo‘lishini aytdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump Eron rahbariyati vakillarini, u "aqlidan ozganlar" deb atagan shaxslarni o‘ldirish uning uchun "ulkan sharaf" ekanini aytdi.

"Ular 47 yil davomida butun dunyo bo‘ylab begunoh odamlarni o‘ldirib keldi, endi esa men, Amerika Qo‘shma Shtatlarining 47-prezidenti, ularni o‘ldiryapman. Bu ulkan sharaf!" — deb yozdi Trump 13 mart, juma kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda amerikalik harbiylar "Eronning terroristik rejimini to‘liq yo‘q qilayotgani" va AQSh g‘alaba qozonmayapti, deb o‘ylash xato ekani aytilgan. Trumpning ta'kidlashicha, Eron floti yo‘q qilingan, bu mamlakatning harbiy-havo kuchlari esa "endi mavjud emas".

"Bizda misli ko‘rilmagan o‘t ochish qudrati, cheklanmagan o‘q-dori zahirasi va ko‘p vaqt bor — bu aqlidan ozganlar bilan bugun nima sodir bo‘lishini ko‘rasizlar", — deb yozdi u.

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset 13 mart kuni Pentagondagi brifingda endi Amerika harbiylari Eronni urushning boshqa har qanday kuniga qaraganda kuchliroq bombardimon qilishini bildirdi.

Shu orada Donald Trump Fox News telekanaliga bergan intervyusida kelasi hafta Eronga qarshi "juda kuchli zarbalar" berilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh allaqachon Eronga katta zarar yetkazgan va mamlakatning tiklanishi uchun «yillar» kerak bo‘ladi.

Trump, shuningdek, zarurat tug‘ilsa, Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan neft tankerlariga AQSh harbiy kuzatuvini ta'minlashini ma'lum qildi. Shu bilan birga, u bunday choragarga ehtiyoj qolmasligiga umid bildirdi.

Eronning yangi oliy rahbari Mujtaba Xumayniy 12 mart kuni qilgan ilk ommaviy bayonotida 28 fevraldan buyon AQSh va Isroil Eronga qarshi olib borayotgan urushda halok bo‘lganlar uchun qasos olishga chaqirdi. U Eron "tashqi tajovuzga taslim bo‘lmasligi"ni va'da qildi hamda mamlakat ichida birlikka chaqirdi.

Mujtaba Xumayniy Tehron tomonidan e'lon qilingan Hormuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yishni "muhim bosim vositasi" deb atadi. Urush boshlanishidan oldin dunyo neft savdosining taxminan 20 foizi aynan shu bo‘g‘oz orqali amalga oshirilar edi. U bu to‘sib qo‘yish siyosati davom ettirilishini bildirdi.

Bundan tashqari, Eronning yangi rahbari Fors ko‘rfazi mamlakatlarini o‘z hududlarida joylashgan AQSh harbiy bazalarini yopishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:09

    Trump Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi

    Mazkur taklif AQSh-Isroil va Eron urushini yakunlash bo'yicha kelishuvning bir qismi sifatida ko'rilgan.

    'Pit Hegset: Eronning yangi Oliy rahnamosi mayib bo'lgan'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 14:40

    Pit Hegset: Eronning yangi Oliy rahnamosi mayib bo'lgan

    Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy omma oldida ko‘rinish bermaydi va uning yuz qiyofasi shikastlangan.

    'Eron elchisi Turkiyaga uchirilgan raketalar bo‘yicha izoh berdi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 14:29

    Eron elchisi Turkiyaga uchirilgan raketalar bo‘yicha izoh berdi

    Elchi ta'kidladiki, Eron va Turkiya do'st va qardosh davlat sifatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga intiladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 12:26

    'Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani tasdiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 08:07

    Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani tasdiqlandi

    Uning vafot etgani haqidagi dastlabki xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

    'Netanyahu Mujtaboni o‘ldirish bilan tahdid qildi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 04:26

    Netanyahu Mujtaboni o‘ldirish bilan tahdid qildi

    Эронга қарши уруш бошланганидан буён илк бор матбуот анжумани ўтказди.