AsosiyBu qiziq

Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

“O‘zgidromet” ob-havo prognozini taqdim etdi.

'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol o'zgaruvchan yo'nalishda 7–12 m/s tezlikda esadi. 28–31 may kunlari ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba'zi hududlarda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28 may hamda 31 may — 4 iyun kunlari 15–20 daraja, 29–30 mayda 18–23 daraja bo'ladi. Kunduzi havo harorati 30–35 daraja, 30 may kuni esa 33–38 darajagacha isiydi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 30–31 may kunlari ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 may kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo'ladi. 29 maydan 4 iyungacha kechasi 19–24 darajagacha ko'tariladi. Kunduzi 29–31 mayda 33–38 daraja, 1–4 iyunda esa 30–35 daraja bo'lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi. Yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 may kuni Toshkent viloyatida va 1 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28–29 mayda 15–20 daraja, 30 maydan 4 iyungacha 18–23 daraja bo'ladi. Kunduzi 28 mayda 27–32 daraja, 29 may hamda 1–4 iyunda 30–35 daraja, 30–31 may kunlari esa 32–37 darajagacha ko'tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqat 3 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 may kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo'ladi. 29 may — 4 iyun kunlari kechasi 15–20 daraja saqlanib turadi, kunduzi 30–31 mayda 35–40 darajagacha, 1–4 iyunda esa 33–38 darajagacha isiydi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida 28 may hamda 1–3 iyun kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. 29–31 may va 4 iyun kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28–29 mayda 15–20 daraja, 30–31 mayda 18–23 daraja, 1–4 iyunda 16–21 daraja bo'ladi. Kunduzi 28 mayda 27–32 daraja, 29 may hamda 1–4 iyunda 30–35 daraja, 30–31 mayda esa 32–37 daraja bo'lishi prognoz qilinmoqda.

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida havo o'zgaruvchan bo'ladi. 28 may hamda 1–4 iyun kunlari qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. 29–31 may kunlari yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–13 darajadan 15–20 darajagacha, kunduzi esa 15–20 darajadan 25–30 darajagacha o'zgarib turadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekistonda bu yil yoz juda issiq bo'lishi mumkin'ning rasmi

    Bu qiziq 29.05.2026 13:21

    O'zbekistonda bu yil yoz juda issiq bo'lishi mumkin

    O'zgidromet” ma'lumotiga ko'ra, 2026 yilda O'zbekistonda yoz fasli beqaror va nisbatan iliq ob-havo bilan boshlanadi.

    'O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha orqada qolmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 29.05.2026 03:58

    O‘zbekiston sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha orqada qolmoqda

    O‘zbekiston aholisining atigi 7,2 foizi generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan.

    'Hindistondagi 21 metrli Messi haykali buzib tashlanadi'ning rasmi

    Bu qiziq 29.05.2026 03:25

    Hindistondagi 21 metrli Messi haykali buzib tashlanadi

    Haykal kuchli shamol paytida tebranib ketgani uchun xavfli deb topilgan.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 29.05.2026 02:57

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” O‘zbekiston hududlari bo‘yicha navbatdagi ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'O'zbekiston oltin eksportini qayta tikladi'ning rasmi

    Bu qiziq 27.05.2026 11:50

    O'zbekiston oltin eksportini qayta tikladi

    Ma'lum qilinishicha, joriy yilning dastlabki to'rt oyida mamlakat 1,5 milliard AQSh dollari qiymatida oltin eksport qilgan.

    'Olimlar ogohlantirdi: tartibsiz ovqatlanish depressiya xavfini oshiradi'ning rasmi

    Bu qiziq 27.05.2026 04:21

    Olimlar ogohlantirdi: tartibsiz ovqatlanish depressiya xavfini oshiradi

    Janubiy koreyalik olimlar olib borgan yangi tadqiqot tartibsiz ovqatlanish inson ruhiyatiga jiddiy ta'sir qilishi mumkinligini ko'rsatdi.