AsosiyDunyo

Ким Чен Ын яна Президент этиб қайта сайланди

U qariyb bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

'Ким Чен Ын яна Президент этиб қайта сайланди'ning rasmi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In mamlakat Oliy xalq majlisining sessiyasidan so‘ng yana Prezident etib qayta saylandi. U 99.93 foiz ovoz bilan tasdiqlangan, saylovda ishtirok etish darajasi esa 99.99 foizni tashkil etgan.

Pxenyanda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda sotsialistik konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, davlat rahbarlik organlarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilmogda. Shu bilan birga, mamlakatning yangi besh yillik iqtisodiy rejasi ham muhokama qilinmogda.

Ayni paytda Kim Chen Inning Janubiy Koreyaga nisbatan "ikki dushman davlat" siyosatini konstitutsiya darajasida mustahkamlash ehtimoli diqqat markazida turibdi. U so‘nggi yillarda ikki davlatni birlashtirish g‘oyasidan voz kechganini bildirgan.

Shuningdek, uning singlisi Kim Yo Chjong Davlat ishlari komissiyasi tarkibida ko‘rinmagan. Mutaxassislar buni uning ta’siri pasaygani emas, balki vazifalar qayta taqsimlangan bilan izohlashmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Пашинян метродаги аёл билан баҳслашиб қолди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:52

    'Eron 10 million rial nominalidagi banknotani chiqardi'ning rasmi

    Dunyo 22.03.2026 11:40

    Eron 10 million rial nominalidagi banknotani chiqardi

    Bu yangi banknota mamlakati tarixida eng yuqori nominal sifatida qayd etilmogda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 22.03.2026 10:19

    'Trump Eronga Hormuz bog‘ozini ochish uchun 48 soat muddat berdi'ning rasmi

    Dunyo 22.03.2026 07:04

    Trump Eronga Hormuz bog‘ozini ochish uchun 48 soat muddat berdi

    22 davlat Hormuz bo‘g‘ozida kemalar xavfsizligini ta’minlash tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

    'Eron Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 21.03.2026 12:49

    Eron Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

    Bu hujum Eronning muhim qadami hisoblanadi.