AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir Mersedes-Benz avtobusi yonib ketdi(Foto)

 24 dekabr kuni Toshkent shahrida Mersedes-Benz rusumli yo`lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirilgan.

 91-sonli avtobus Shahriston va Amir Temur ko`chalari kesishmasidagi bekatda yonib ketgan. 

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, avtobusdagi yong`in oqibatida hech kimga zarar etmagan.  

Eslatib o`tamiz,  “Toshshahartransxizmat” AK boshqaruvi raisi Otabek Sodiqov poytaxtda tez-tez yuz berayotgan avtobus yong`inlari sabablarini quyidagicha izohlagan edi:

-  Avtobuslarda yong`inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bu dvigatel qismida bosim shlankasining yorilib ketishi bo`ldi. Buning oqibatida avtobuslarda o`t chiqish holatlari kuzatildi. Shularni inobatga olgan holda biz Mercedes-Benz kompaniyasi vakillarini taklif qildik. Hukumatga tegishli takliflar kiritdik. Endilikda Mercedes-Benz  rusumli avtobuslariga ehtiyot qismlarni to`g`ridan-to`g`ri Germaniyadan olib kelishni yo`lga qo`ymoqchimiz. Avvallari ushbu ehtiyot qismlar o`rnatilgan tartibda birjadan harid qilinganligi sababli mana shunday  sifatsiz ehtiyot qismlarga duch kelish va buning oqibatida ko`ngilsiz holatlar yuzaga keldi. Ayni damda takliflar ma`qullangan, yaqin 1-2 oy ichida avtobuslar uchun barcha zaruriy ehtiyot qismlar to`g`ridan-to`g`ri Germaniyadan keltiriladi.




Boshqa yangiliklar