O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga otasi, Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi.
Davlat rahbarining hamdardlik maktubida Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, keng ko'lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi farovonligini oshirish hamda Qatar taraqqiyotiga qo'shgan beqiyos hissasi alohida ta'kidlangan.
"O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi do'stona aloqalar va hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarishga munosib ulush qo'shgan Shayx Hamad Ol Soniy Oliy Hazratlarining yorqin xotirasi va o'chmas nomi qalbimizda abadiy saqlanib qoladi", — deyiladi maktubda.
Shuningdek, u O'zbekiston va Qatar o'rtasidagi do'stona munosabatlar va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga munosib hissa qo'shgan davlat arbobi sifatida e'tirof etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri, uning oila a'zolari va yaqinlariga, shuningdek, butun Qatar xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi.






