AsosiyJINOYAT

Farg'onada fuqarodan 8 mln so'm talab qilgan 5 nafar shaxs ushlandi

Gumonlanuvchilarni jabrlanuvchidan 2 million so‘m olayotgan vaqtida ushlagan.

'Farg'onada fuqarodan 8 mln so'm talab qilgan 5 nafar shaxs ushlandi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatida fuqaroni kaltaklab, uning shaxsiy hayotiga oid tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan besh nafar yigit qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona shahrida yashovchi gumonlanuvchilar Quva tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni shaharning Beshbola mahallasi hududidagi karer joyiga olib borgan. U erda ular jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazib, uning shaxsiy hayotiga oid holatni telefon orqali tasvirga olgan.

Keyin esa ushbu tasvirlarni uning yaqinlariga yuborish bilan tahdid qilib, 8 million so‘m pul talab qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumonlanuvchilarni jabrlanuvchidan 2 million so‘m olayotgan vaqtida ushlagan.

Hozirda holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar

    Farg'onada fuqarodan 8 mln so'm talab qilgan 5 nafar shaxs ushlandi - Darakchi.uz