AsosiySIYOSAT

Rustam Jo‘rayev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi

U 2025 yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

'Rustam Jo‘rayev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi'ning rasmi

Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi. Unga general-leytenant maxsus unvoni ham berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rustam Jo‘rayev 1968 yil 26 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan.

Jo‘rayev avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2018 yil fevral oyidan 2020 yil mart oyiga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

U 2025 yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalroq, 2020 yil dekabridan Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lib ishlab kelgan Alisher Usmonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

    Boshqa yangiliklar