AsosiyBU QIZIQ

Hafta oxirida havo harorati 40 darajadan oshadi

O‘zbekistonda hafta oxiri issiq va quruq ob-havo bilan o‘tadi.

'Hafta oxirida havo harorati 40 darajadan oshadi'ning rasmi

Toshkent shahrida 13 iyun kuni kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 33–35 daraja, kechasi esa 20–23 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 10–12 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda "O‘zgidromet" ma’lum qildi.

13 iyun kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 36–38 darajagacha ko‘tariladi. Cho‘l hududlarida 40 darajagacha, mamlakatning eng janubiy tumanlarida esa 42 darajagacha isishi kutilmoqda.

Sharqdan esadigan shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi. Ayrim hududlarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Shimoliy va cho‘l hududlarda esa shamolning tezligi ba’zan 20–22 m/s gacha yetishi ehtimol qilinmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shuningdek, sel-suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi saqlanib qoladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylandi'ning rasmi

    BU QIZIQ Bugun 06:18

    Ilon Mask dunyodagi birinchi trillionerga aylandi

    Bloomberg reytingiga ko‘ra, Tesla va SpaceX asoschisi bo‘lgan Maskning umumiy boyligi 1,11 trillion dollarga yetgan.

    '“O‘zgidromet” 10 iyunga ob-havo prognozini e’lon qildi'ning rasmi

    BU QIZIQ 10.06.2026 02:36

    “O‘zgidromet” 10 iyunga ob-havo prognozini e’lon qildi

    Unga ko‘ra, chorshanba kuni vodiyda va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

    'BMT Isroilni ko‘chmanchilarning falastinliklarga qarshi hujumlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi'ning rasmi

    BU QIZIQ 09.06.2026 11:32

    BMT Isroilni ko‘chmanchilarning falastinliklarga qarshi hujumlarini qo‘llab-quvvatlashda aybladi

    Komissiya fikricha, bunday harakatlar falastinliklarni o'z yerlaridan siqib chiqarish va hududlarni anneksiya qilish siyosatiga xizmat qilmoqda.

    'Dollar kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    BU QIZIQ 09.06.2026 11:20

    Dollar kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Toshkentliklar eng koʻp qaysi sohada ishlayapti?'ning rasmi

    BU QIZIQ 09.06.2026 04:16

    'Bugun qanday ob-havo bo'ladi?'ning rasmi

    BU QIZIQ 09.06.2026 02:33

    Bugun qanday ob-havo bo'ladi?

    “O‘zgidromet” harorat 37 daraja issiq bo‘lishini ma’lum qildi.