AsosiyShou-biznes

Shahzoda Matchonova ishtirokida ushbu mavsumdagi uchinchi film taqdimoti bo`lib o`tdi

Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida «O`zbekkino» milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan «Ma`suma» badiiy filmining premerasi bo`lib o`tdi.

Filmda bosh qahramon Nasiba ismli ayolning quvonch va tashvishlarga yo`g`rilgan hayoti misolida o`zbek ayollariga xos vafo, sadoqat, oilaparvarlik va farzand tarbiyasiga o`zini baxshida etish singari ezgu fazilatlar ulug`langan. Tomoshabin bosh qahramon boshiga tushgan sinovlarda hamdard, quvonchiga sherik bo`ladi. Asarda oilaga, Vatanga bo`lgan muhabbat tarannum etiladi, deya xabar beradi O`zA.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor – Yolqin To`ychiev, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, rejissyor Bahriddin Aynazarov, ovoz rejissyori va bastakor Anvar Fayzullaev, muharrir Ulug`bek Abdusagatov. Bosh rollarni Shahzoda Matchonova, Adiz Rajabov, Nigora Karimboeva, Dilbar Ikromova, Farhod Abdullaev, Mubina Nazirboeva, Shirin Ismoilova kabi aktyorlar ijro etgan.

Bosh rol ichjrochisi Shahzoda Matchonova: 

“Mavsum premeralarga boy o`tdi! Bu ushbu mavsumda mening ishtirokimdagi uchinchi film. Rejissyor Yolqin To`ychievga menga ushbu rolni ishonib topshirgani uchun minatdorchilik bildiraman. Bu rol men uchun alohida ahamiyatga ega!”

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar