Toshkentdagi Hasanboy dahasida Isuzu avtobusi ishtirokida ayanchli yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari xabar bermoqda.
Izohlardan ma`lum bo`lishicha, avariya 23 dekabr, juma kuni yuz bergan. Sirpanchiq yo`lda muvozanatni yo`qotgan avtobus yo`l ustida joylashgan xonadonlardan biriga borib urilgan.
Xabarga ilova qilingan videoda to`qnashuv oqibatida avtobusning old qismi jiddiy zarar ko`rgani aks etgan.
Baxtli tasodif tufayli YTH oqibatida hech kim zarar ko`rmagan, jarohatlanganlar ham yo`q.
Ma`lum bo`lishicha, avtohalokat ishtirokchisi bo`lgan Isuzu 3-avtobus saroyiga tegishli bo`lgan hamda 42-yo`nalish bo`yicha harakatlangan.